Amrabat faqatgina "MYu"ga o'tmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

"Fiorentina" yarim himoyachisi Sofyan Amrabat faoliyatini Angliya Premer-ligasining top-klubida davom ettirish niyatida.
Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, marokashlik futbolchi klub rahbariyati bilan suhbatda “Manchester Yunayted”ga o'tish istagini tasdiqlagan va iyun oyidagi ilk muzokaralardan buyon "qizil iblislar" safiga o'tish istagini bildirgan.
Xabar qilinishicha, Saudiya Arabistoni klublarining boy takliflariga qaramay Amrabat "Manchester Yunayted"ga o'tishga intilmoqda. Biroq Sofyanning "Old Trafford"ga o'tishi Donni van de Bek yoki Fred sotilgandan keyingina haqiqatga aylanishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Sofyan Amrabat Italiya A Seriyasining so'nggi mavsumida 29 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golga assistentlik qilgan.

Bosh sahifaga
214