"Inter" serbiyalik futbolchiga qanday shartnoma taklif qilayotgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

"Udineze" yarim himoyachisi Lazar Samardjich tez orada "Inter"ga o'tadi.
Insayder Janluka di Martsio xabariga ko'ra, futbolchi "neradzurrilar" safiga o'tadi. Bir yillik ijara uchun milanliklar to'rt million evro to'laydi.
Shartnoma muddati tugagach, "Inter" Samardjichni 16+2 million evroga sotib olishga majbur bo'ladi.
21 yoshli serbiyalik himoyachi o'tgan mavsumda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Lazar 2021 yildan beri “Udineze”ni himoya qilib kelmoqda. Uning shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
211