"Milan" bugun yangi transferni e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102

"Valensiya" yarim himoyachisi Yunus Musa bugun, 2 avgust kuni "Milan"ga o'tishi oldidan tibbiy ko'rikdan o'tadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, kun oxirigacha tomonlar kelishuvning barcha tafsilotlarini kelishib olishadi. Transfer summasi taxminan 25 million evroni tashkil qiladi.
Musa 2026 yilning o'rtalariga qadar "Milan" bilan shartnoma imzolaydi. O'tgan mavsumda yarim himoyachi "Valensiya" safida 36 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt uning narxini 18 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
195