"Ayntraxt" futbolchisi "Sevilya"ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Frankfurtning "Ayntraxt" klubi yarim himoyachisi Jibril Sou faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettiradi.
26 yoshli shveytsariyalik futbolchining yangi klubi "Sevilya" bo'ldi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda.
Jibrilning transferi uchun Andalusiya klubi rahbariyati nemis klubiga 14 million evro to'lagan. Yarim himoyachining "Sevilya" bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Sou o'tgan mavsumda Bundesligada 32 o'yin o'tkazdi. Yarim himoyachi to'rtta gol urdi va to'qqizta sariq kartochka oldi.

Bosh sahifaga
214