Xorvatiyalik futbolchi Frantsiya chempionatiga yo'l olmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 102

Xorvatiyalik himoyachi Due Chaleta-Tsar Frantsiyaning “Lion” klubiga o'tishga yaqin turibdi. Uning hozirgi klubi - Angliyaning "Sautgempton" klubi 25 yoshli futbolchining transferiga rozi bo'ldi.
Jurnalist Mayk Makgratning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, kelishuv besh million evroni tashkil qiladi. Bugun, 2 avgust kuni Chaleta-Tsar "Lion" bilan shartnoma imzolashdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Himoyachi o'tgan mavsumda "Sautgempton" tarkibida APLda 13 ta o'yinda maydonga tushdi. Futbolchi bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. 2022/2023 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, jamoa APLni tark etdi.

Bosh sahifaga
213