"Tottenxem" Keynning transferidan tushadigan mablag'ning bir qismini "Barselona"ning ikki futbolchisi uchun sarflamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89

"Tottenxem" klubi hujumchi Xarri Keynni "Bavariya"ga 100 million evrodan ko'proqqa sotsa, pulni qaysi transferlarga sarflashini hal qildi.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, "shporlar" bu mablag'ning bir qismini "Barselona"ning ikki futbolchisi uchun sarflamoqchi.
Gap o'tgan mavsumda "shporlar"da ijara asosida o'ynagan himoyachi Kleman Langle va "Barselona" yarim himoyachisi Frenk Kesse haqida ketmoqda. Ivuarlik futbolchi 35 million evroga baholangan bo'lsa, frantsiyalik futbolchining narxi 15 million atrofida bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Keyn o'rniga "Tottenxem" avvalroq Frankfurtning "Ayntraxt" klubi hujumchisi Randal Kolo-Muani o'rinbosar hisoblangan.

Bosh sahifaga
175