"Monako" futbolchisi bugun "Chelsi" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86

Bugun, 1 avgust kuni “Monako” himoyachisi Aksel Disasi Londonning “Chelsi” klubiga o'tish oldidan tibbiy ko'rikdan o'tadi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ma'lum qildi.
Ushbu protseduradan so'ng 25 yoshli futbolchi "ko'klar" bilan 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma tuzadi. Transfer summasi 45 million evroga baholanmoqda.
Disasi 2020 yilning yozidan buyon "Monako" safida o'ynamoqda. Himoyachi Frantsiya terma jamoasi safida 129 ta o'yinda qatnashib, 12 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt uni 30 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
213