"Inter" Skamakka bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 79

"Vest Xem" hujumchisi Janluka Skamakka va "Inter" o'zaro shartnoma bo'yicha kelishib olishdi, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.
Skira xabariga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi kelishuv 2028 yilgacha mo'ljallangan. Bir mavsum uchun Skamakka 3,2 million evro oladi.
24 yoshli italiyalik hujumchi 2022/2023 yilgi mavsumda “Vest Xem” safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushdi. Futbolchi raqiblar darvozasiga sakkizta gol urdi va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Faoliyatidagi eng yaxshi mavsumida Janluka “Sassuolo” safida Italiya A Seriyasining 36 o'yinida 16 ta gol urdi.
"Inter" yaqin kunlarda yangi taklif bilan qaytishi avvalroq xabar qilingandi. Milanliklar 25 million evro taklif qilmoqchi. Ingliz klubi esa taxminan 30 million evro so'rashi kutilmoqda. "Inter" Skamakkaning transferiga juda qiziqmoqda.

Bosh sahifaga
172