"Manchester Siti" sport direktori Natan Akening qolishidan xursandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 85

"Manchester Siti" sport direktori Chiki Begiristayn Natan Ake haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Biz Natanning rivojlanishini o'z ko'zimiz bilan ko'rdik. Shunday ekan, uning biz bilan qolishi katta hodisadir. Bu hammamizni xursand qiladi. Natan o'tgan mavsumdagi trebl sovrinlarni qo'lga kiritishda katta hissa qo'shdi. Ammo men ishonamanki, u bundan ham yaxshiroq bo'la oladi. Akening insoniy jihatlarini alohida ta'kidlashni istardim. Bu erdagi hamma uni yaxshi ko'radi".
Ake 2020 yilda 40 million funt evaziga xarid qilingandi.
Manba: bbc.com
Bosh sahifaga
203