"Manchester Siti" akademiya futbolchilari sotuvidan katta foyda ko'rdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82

"Manchester Siti" yozgi sotuvlardan katta foyda ko'rmoqda. Xabarlarga ko'ra, "shaharliklar" tarbiyalanuvchisi Karlos Borjes jamoani tark etsa, klub akademiya futbolchilarini sotishdan olgan daromadi 49 million funtga etadi. Borjesga "Vest Xem Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
Hozirga qadar "Manchester Siti" darvozabon Jeyms Traffordni "Byornli"ga, Shi Charlzni esa "Sautgempton"ga sotgan edi. Avvalroq Riyad Maxrezning 30 million funtga sotilgani haqida xabar qilgan edik. Bu sotuv yozda ko'rilgan umumiy foydani 65 millionga etkazgan.
Manba: newsnow.co.uk
Bosh sahifaga
206