"Arsenal" hujumchisi tezroq jamoani tark etmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84

"Arsenal" hujumchisi jamoadan ketishga harakat qilmoqda. Xabarlarga ko'ra, London klubi tarbiyalanuvchisi Folarin Balogun shu yozda yangi jamoaga o'tmoqchi.
22 yoshli hujumchiga "Inter" qiziqish bildirgan. "Arsenal" Balogun uchun 50 million funt so'rayotgan edi. Ammo bu narx hozir 40 million evro (34 million funt)gacha pasaytirilgan. Shunda ham "Inter"ga ushbu narx qimmatlik qilmoqda.
Manba: newsnow.co.uk
Bosh sahifaga
225