"Chelsi" Gallaxer uchun narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachi Konor Gallaxerning minimal narxini belgiladi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "ko'klar" o'z futbolchisini kamida 58 million evroga sotadi.
Avvalroq, "Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Gallaxerni yo'qotishni istamasligi, chunki u angliyalikni juda iqtidorli futbolchi deb hisoblagani xabar qilingandi. Biroq rahbariyat murabbiyning fikriga to'liq qo'shilmaydi va foydali taklif tushsa, sotishga tayyor bo'ladi.
Gallaxerga avvalroq "Vest Xem" va "Nyukasl" kabi klublar qiziqish bildirgan, biroq ularning hech biri hali "Chelsi"ning talablarini qondirishga tayyor emas.

Bosh sahifaga
226