"Chelsi" hali Olise bo'yicha rasmiy taklif yubormadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84

"Chelsi" hozircha "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Maykl Olise bo'yicha hech qanday taklif bilan chiqqani yo'q.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "ko'klar" frantsiyalik 21 yoshli futbolchiga haqiqatan ham qiziqish bildirmoqda, ammo klub hozirda uning so'nggi jarohati qanchalik jiddiyligini tekshirmoqda.
Qayd etilishicha, "Chelsi" har qanday holatda ham Mayklning "Kristal Pelas" bilan shartnomasida ko'rsatilgan futbolchi uchun 35 million evro miqdorida tovon puli to'lashga tayyor.
Oldinroq Olisega "Manchester Siti" ham qiziqish bildirgan edi, ammo ayni damda unga aynan "Chelsi" qiziqish bildirmoqda.

Bosh sahifaga
249