"Vest Xem Yunayted" "Yuventus" futbolchisini sotib olishni afzal ko'rmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

"Vest Xem Yunayted" yarim himoyachi xarid qilishga harakat qilayotgan edi. Xabarlarga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes "Yuventus" vakili Denis Zakaria va "MYu" yarim himoyachisi Skott Maktominey variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Shotlandiyalik mutaxassis Zakariani afzal ko'rayotgani aytilgan. Negaki, u "Vest Xem" uslubiga yaxshiroq mos keladi. "Yuventus" Zakariani 17 million funtga baholamoqda. Unga "Monako" ham da'vogarlik qilmoqda.
Manba: newsnow.co.uk
Bosh sahifaga
220