Kompani Bundesliga klubi futbolchisini ijaraga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

Germaniyaning "Xoffenxaym" jamoasining chap qanot himoyachisi Yakob-Brun Larsen Angliyaning "Byornli" klubi futbolchisiga aylandi. Angliya klubi futbolchini bir yilga ijaraga olganini rasman e'lon qildi.
24 yoshli daniyalik futbolchi faoliyatining so'nggi ikki yilida "Xoffenxaym"da o'ynadi. O'tgan mavsumda u rasmiy turnirlarda maydonda 14 o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.
Transfermarkt portali Dortmundning "Borussiya" klubi tarbiyalanuvchisini 3 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum yakunida Vensan Kompani jamoasi chempionatda birinchi o'rinni egallab, Premer-ligaga qaytgandi.

Bosh sahifaga
226