"Bavariya" va "Inter" o'zaro kelishuvga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

"Bavariya" darvozaboni Yann Zommer "Inter"ga o'tishga yaqin turibdi.
Shveytsariyalik darvozabonning o'zi allaqachon "neradzurrilar" bilan kelishib bo'lgan, biroq klublar bir necha haftadan beri transfer shartlari bo'yicha kelisha olmayapti.
Insayder Janluka di Martsioning xabariga ko'ra, so'nggi muzokaralar muvaffaqiyatli o'tdi - "Bavariya" va "Inter" kelishish arafasida. A Seriya giganti 34 yoshli darvozabon uchun bonuslarni hisobga olmaganda, taxminan 4 million evro to'lashi kutilmoqda.
Yann Zommer "Bavariya" safida olti oy o'ynadi. "Inter"da darvozabon Angliyaning "Manchester Yunayted" klubiga o'tgan Andre Onana o'rnini egallashi mumkin.

Bosh sahifaga
225