"Beshiktosh" "Milan" futbolchisini ijaraga olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 87

"Beshiktosh" "Milan"dan Ante Rebichni ijaraga olishi mumkin.
Insayder Janluka Di Martsioning xabariga ko'ra, "Milan" kelasi mavsumda Rebichga ishonch bildirmayapti. Xorvatiyalik futbolchi o'z navbatida "Beshiktosh"ga o'tishdan manfaatdor.
Qayd etilishicha, ayni damda “Milan” “Beshiktosh” taklif qilayotgan summadan qoniqmayapti. Turk klubi taklifni yaxshilamasa, Rebich "Milan"da qoladi.
2022/23 yilgi mavsumda Rebich A Seriyada “Milan” safida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

Bosh sahifaga
224