"Milan" Chukvueze bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86

"Vilyarreal" vingeri Samuel Chukvueze "Milan" bilan shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Manba bergan xabarga ko'ra, 24 yoshli nigeriyalik futbolchi "rossonerilar" bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Tez orada kelishuv rasman e'lon qilinadi. Avvalroq OAV Chukvuezaning transferi "Milan"ga 25 million evroga tushishi haqida yozgan edi.
O'tgan mavsumda vinger "Vilyarreal" safida barcha turnirlarda 50ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urdi va 11ta golga assistentlik qildi.

Bosh sahifaga
230