Rasman! "Fenerbaxche" futbolchisi Bundesliga klubiga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
"Xoffenxaym" o'zining ijtimoiy tarmoqlarida jamoaga yangi kelgan vengriyalik himoyachi Attila Salaini rasman tanishtirdi.
25 yoshli futbolchi faoliyatining so'nggi 2,5 yilini "Fenerbaxche"da o'tkazdi va shundan so'ng Germaniya klubiga o'tgan.
Transfermarkt portali vengriyalik futbolchi uchun to'langan summani 12,5 mln evroga baholamoqda. Futbolchi bilan shartnoma to'rt mavsumga mo'ljallangan.