"Tottenxem" Keynga o'rinbosar topib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
Frankfurtning “Ayntraxt” klubi hujumchisi Randal Kolo-Muani "Tottenxem" safiga qo'shilishi mumkin.
Jurnalist Sasha Tavolerining fikricha, agar jamoa etakchisi Xarri Keyn joriy transfer oynasida jamoani tark etsa, "shporlar" 24 yoshli frantsiyalik futbolchini olib kelishi mumkin. Eslatib o'tamiz, angliyalik hujumchiga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, Kolo-Muani APLning yana bir giganti - "Manchester Yunayted"ning short-listidan joy olgani haqida xabar berilgandi.
O'tgan mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 17 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Kolo-Muanining "Ayntraxt" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining bozor narxi 80 million evroni tashkil qiladi.