Manba: "Liverpul" "Real" futbolchisi uchun 80 million evro bermoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
"Liverpul" yarim himoyani to'ldirishga harakat qilmoqda. Xabarlarga ko'ra, "Sautgempton" futbolchisi Romeo Laviya anchadan beri mersisaydliklar radarida turibdi. Ammo Klopp yana bir yulduzni ko'zlab qo'ygan.
"Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde "Liverpul"ga yo'l olishi mumkin. Bu haqida ispan nashri bo'lgan "El Nacional" xabar tarqatdi.
Ingliz giganti urugvaylik xizmatlari evaziga "qirollik klubi"ga 80 million evro to'lashga tayyor. Klopp bu orqali jamoadan ketayotgan Fabino hamda Xendersondan qoladigan bo'shliqni yopishga harakat qiladi.
Manba: caughtoffside.com