"Vest Xem" u uchun 40 million funt to'lashi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"Vest Xem Yunayted" yarim himoyachi sotib olishi kerak. Xabarlarga ko'ra, "Sautgempton" futbolchisi Jeyms Uord-Prouz uchun "bolg'achilar" qiziqish bildirmoqda. Devid Moyes jamoasi 28 yoshli yarim himoyachi bilan og'zaki muzokaralar o'tkazgani aytilmoqda.
"Sautgempton" uni sotishga tayyor. Ammo da'vogar klublar futbolchi uchun kamida 40 million funt to'lashi talab etiladi. Uord-Prouz o'tgan mavsumda jami 11 ta golga mualliflik qilgan edi.
Manba: caughtoffside.com