"Arsenal" Mbappe uchun Martinellini bermoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
Londonning "Arsenal" klubi Frantsiya terma jamoasi va "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe uchun kurash olib borishi mumkin.
24 yoshli hujumchi ushbu yozda Parij grandini tark etishi mumkin. To'purar yangi shartnoma imzolashni istamagani uchun klub uni sotishga tayyor.
Football Transfers nashri xabariga ko'ra, "kanonirlar" braziliyalik hujumchi Gabriel Martinellini shartnomaga qo'shishga tayyor. Janubiy amerikalik futbolchining transfer narxi 80 million evroga baholanmoqda. "PSJ" o'z navbatida Mbappening sotuvidan 200 million evroga yaqin daromad olmoqchi.
Kilianning Frantsiya chempioni bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.