"Lokomotiv" o'z futbolchisini Germaniya klubiga sotishni xohlamadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Germaniyaning "Verder" klubi "Lokomotiv" himoyachisi Nair Tiknizyanga qiziqish bildirgandi va moskvaliklarga rasmiy taklif bilan chiqqandi.
Nemislar 2,5 million evro to'lashga tayyor edi. Biroq, "Lokomotiv" klubi o'z futbolchisini sotishni xohlamadi.
"Lokomotiv" Tiknizyanni 2021 yilda TsSKAdan sotib olgandi. Himoyachi RPLda qatorasiga 3ta o'yinda gol urdi. U Armaniston terma jamoasida o'ynaydi.