"Lids Yunayted" "Bavariya" futbolchisi uchun 10 million evro taklif qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15
"Lids Yunayted" Bundesligadan futbolchi sotib olishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Bavariya" posboni Aleksandr Nyubel yorkshirliklar radariga tushgan. Jamoa ustozi Daniel Farke germaniyalik va ligani yaxshi biladi.
Shu sabab Nyubelni sotib olishga harakat qilmoqda. 26 yoshli futbolchiga "Shtuttgart" ijara taklifi bilan chiqqan. "Lids" bunday paytda tezroq harakat qilishi kerak bo'ladi. Ingliz klubi esa 10 million evroga darvozabonni butunlay sotib olmoqchi.
Manba: caughtoffside.com