"Barselona" futbolchisi Frantsiya chempionatiga qaytmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 75

Samuel Umtiti "Barselona"ni tark etib, 7 mavsumdan so'ng Liga 1ga qaytadi.
RMC Sport nashri xabariga ko'ra, kataloniyaliklar bilan shartnomani bekor qilishga kelishib olgan himoyachi "Lill" bilan shartnoma imzolaydi.
29 yoshli futbolchi allaqachon Frantsiyaga etib borgan va bugun tibbiy ko'rikdan o'tgan.
Umtiti so'nggi mavsumni ijara asosida "Lechche"da o'tkazdi va A Seriyaning 25 o'yinida qatnashdi.

Bosh sahifaga
195