"MYu" himoyachisi "An-Nasr"ga o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

Himoyachi Aleks Telles "Manchester Yunayted"dan "An-Nasr"ga o'tadi.
Insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, klublar allaqachon kerakli hujjatlarni imzolagan va 30 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tgan. Tez orada rasmiy e'lon qilinadi.
Transfermarkt portali Aleks Tellesni 7,5 million evroga baholagan. "Manchester Yunayted" safida braziliyalik futbolchi 50 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va 8 ta golli uzatmani sheriklariga bergan.

Bosh sahifaga
209