"Yuventus" futbolchisiga ikki APL klubi da'vo qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 80

"Yuventus" futbolchisi APLga yo'l olishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, turinliklar hujumchisi Federiko Keza "Liverpul" va "Nyukasl" radarida turibdi. 23 yoshli futbolchining o'zi "Liverpul"ni ma'qul ko'rishi aytilgan.
"Yuventus" Italiya terma jamoasi a'zosi uchun kamida 60 million evro so'raydi. Uni sotib olish "Nyukasl"ga muammo emas. Eddi Xau jamoasi hujumchiga EChL futbolini taklif eta oladi. Hammasi Kezaning qaroriga bog'lib bo'lib qolmoqda.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
164