"Kristal Pelas" braziliyalik futbolchiga ko'z tikkan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

"Kristal Pelas" ikki muammo ustida bosh qotirmoqda. Xabarlarga ko'ra, Roy Xojsonga yarim himoyachi kerak. Shu sababli "burgutlar" rahbariyati Braziliya tomonga e'tiborini qaratadi.
Ayni damda London klubi "Flamengo" futbolchisi Mateus Fransani jiddiy kuzatmoqda. 19 yoshli futbolchi ayni damda 30 million funtga baholangan.
Shuningdek, "Kristal Pelas" Mark Gexini jamoada saqlab qolmoqchi. Shu maqsadda himoyachiga 70 million funtlik tovon puli qo'yiladi. Unga "Chelsi" va "Tottenxem" qiziqish bildirgan edi.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
159