Turin klubi ukrainalik yarim himoyachini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84

Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, "Torino" Kievning "Dinamo" jamoasiga yarim himoyachi Vladimir Brajkoni sotib olish taklifi bilan murojaat qilgan.
Italiya klubi 21 yoshli futbolchi uchun to'rt million evro va bonuslar taklif qilgan, ammo kievliklar bunga rozi bo'lishmagan. “Dinamo” rahbariyati o'z futbolchisini bunday summaga sotishga tayyor emas.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Brajko "Zarya" jamoasi safida ijara asosida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va bitta golga assistentlik qilgan. Yarim himoyachi yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatida ham o'zining eng yaxshi tomonlarini ko'rsatdi.

Bosh sahifaga
163