Kichik Simeone La Liganing boshqa jamoasiga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Juliano Simeone “Alaves”da ijara asosida o'ynaydi.
"Alaves" klubi vakillari argentinalik futbolchining tezligi va chidamliligini, shuningdek, uning qattiq kurash olib borishi va bo'sh joydan unumli foydalana olishini qayd etishmoqda.
Simeone o'tgan mavsumni "Saragosa"da ijara asosida o'tkazdi. U Segundada 36 ta o'yin o'tkazib, "gol+pas" tizimida 12 ochko (9 gol va 3 golli uzatma) to'plagan va 6 ta sariq kartochka olgan. Transfermarkt portali 20 yoshli futbolchini 2,5 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, "Alaves" 2023/2024 yilgi mavsumni La Ligada o'tkazadi.

Bosh sahifaga
163