"Napoli" o'z safiga yangi darvozabon qo'shib olishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

Italiya yoshlar terma jamoasi va “Bari” klubi darvozaboni Elia Kaprile “Napoli”ga o'tadi. Jurnalist Janluka di Martsioga ma'lum qilishicha, neapolliklar darvozabon bilan muvaffaqiyatli muzokaralar olib borishgan va uzoq muddatli shartnoma bo'yicha kelishib olishgan.
Insayder xabariga ko'ra, Kaprilening "Napoli" bilan shartnomasi 5 yilga mo'ljallangan. Shartnoma imzolangach, darvozabon "Empoli"ga ijaraga beriladi.
O'tgan mavsumda Italiya ikkinchi divizioni darvozaboni 41ta o'yin o'tkazib, 36ta gol o'tkazib yuborgan. 15 uchrashuvda Kaprile o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda "Napoli" A Seriya chempioniga aylangandi.

Bosh sahifaga
159