Xarri Keyn bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89

"Tottenxem Xotspur" hujumchisi bir qarorga keldi. Xabarlarga ko'ra, Xarri Keyn kelajagini belgilab olgan. Angliya terma jamoasi sardori "Tottenxem" bilan yangi bitimga imzo chekmaydi.
Bu haqida The Times nashri ma'lum qildi. Ushbu voqea klub raisi Daniel Levi oldiga ikki yo'lni qo'yadi. U Keynni yaxshi taklif uchun sotishi kerak. Aks holda bir yil ichida Keyndan tekinga ayrilishiga to'g'ri keladi.
28 yoshli hujumchi uchun "Bavariya" eng jiddiy da'vogar sanaladi. U uchun nemis giganti 80 million evro taklif etgandi.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
164