"Real" o'z futbolchisini 3 million evroga sotib yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Madridning “Real” klubi futbolchisi Karlos Dotor Vigoning “Selta” klubiga o'tdi.
Vigo klubi 22 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. U bilan shartnoma 5 yilga tuzilgan.
The Athletic nashri xabariga ko'ra, Madrid klubi bu transfer uchun 3 million evro ishlab olgan. "Real Madrid" futbolchining keyingi sotuvi summasining 50 foizini ham oladi. Bundan tashqari, "qaymoqranglilar" Dotorni sotib olishda ustuvor huquqqa ega bo'ladi.
Yarim himoyachining "Selta" bilan shartnomasi bo'yicha tovon puli 50 million evroni tashkil qilgan.
2022/23 yilgi mavsumda Dotor “Kastilya” tarkibida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan.

Bosh sahifaga
164