"Barselona" himoyachisi "Portu"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91

"Barselona"ning o'ng qanot himoyachisi Serjino Dest "Portu" tomonidan nishonga olingan.
Amerikalik futbolchi "Milan"da unchalik omadsiz ijara muddatidan so'ng Kataloniya jamoasiga qaytdi. Agar maqbul takliflar tushsa, "Barselona" 22 yoshli futbolchini joriy transfer oynasi yopilgunga qadar sotishga tayyor.
Sport nashri xabariga ko'ra, "Portu" Destga ko'z tikmoqda. Oldinroq "ajdarlar" ham "ko'k-anorranglilar" yarim himoyachisi Niko Gonsalesga qiziqish bildirgandi.
Transfermarkt portali Serjino Destning qiymatini 10 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
203