"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Frantsiya klubi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84

Frantsiyaning "Loryan" jamoasi "Manchester Siti"ning sobiq himoyachisi Benjamin Mendi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Shartnoma 2 yilga tuzilgan. Moliyaviy shartlar oshkor etilmagan.
1 iyul kuni Mendi erkin agentga aylandi. Uning "Manchester Siti" bilan shartnomasi yakuniga etdi.
14 iyun kuni Chester sudi uni zo'rlash va boshqa zo'rlashga urinish bo'yicha aybsiz deb topdi. Shu tariqa frantsiyalik futbolchiga qo'yilgan barcha ayblovlar olib tashlandi.
29 yoshli futbolchi oxirgi marta 2021 yilning 15 avgust kuni rasmiy o'yinda maydonga tushgan. Keyin ayblovlar tufayli u "Manchester Siti"dan chetlatilgandi.

Bosh sahifaga
186