"Borussiya" "Bavariya" futbolchisini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93

Dortmundning "Borussiya" klubi yozgi transfer oynasida yarim himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Bild nashri xabariga ko'ra, "arilar" "Bavariya" yarim himoyachisi Marsel Zabittserga qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Zabittserga "Borussiya" allaqachon qiziqish bildirgan. 29 yoshli avstriyalik futbolchining transferi uchun "Bavariya" taxminan 15 million evro olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Marsel Zabittser 2022/2023 yilgi mavsumning ikkinchi qismini “Manchester Yunayted”da ijara asosida o'tkazdi. Avstriyalik futbolchi "Bavariya" safida 54 ta rasmiy o'yin o'tkazib, ikkita gol va sheriklariga ikkita samarali uzatma berdi.

Bosh sahifaga
208