La Liga "Barselona"ni Feliksni o'z safiga qo'sha olmasligi haqida ogohlantirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84

"Barselona"ga La Liga rahbariyati "Atletiko Madrid" hujumchisi Joau Feliksning transferi hozircha mumkin emasligini aytdi.
Jurnalist Jerar Romeroning fikricha, Kataloniya klubi moliyaviy sabablarga ko'ra transferni amalga oshira olmaydi.
Avvalroq, "Atletiko" futbolchining maoshini inobatga olgan holda, Feliksning ijarasi uchun taxminan 20 million evro talab qilgani xabar qilingandi. "Barselona" portugaliyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda, futbolchining o'zi avvalroq kataloniyaliklar safida o'ynash istagini bildirgan.
Feliks o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida Londonning "Chelsi" jamoasida o'tkazdi va Premer-ligada uchta gol urdi.

Bosh sahifaga
182