"Atalanta" "MYu"ga Xyoylunning narxini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88

"Atalanta" "Manchester Yunayted"ga hujumchi Rasmus Xyoylunning transferi bo'yicha o'z talablarini e'lon qildi.
Jurnalist Alfredo Pedullaning yozishicha, bergamoliklar 20 yoshli daniyalik futbolchi uchun 60 million evro va 8-10 million evro miqdoridagi bonuslar talab qilmoqda.
Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" hozirda Xyoylunn transferi bo'yicha yaxshilangan taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda. “Qizil iblislar” “Atalanta”ning talabiga yaqinlashmoqda.
O'tgan mavsum A Seriyada 9 ta gol urgan Rasmus Xyoylunn "Manchester Yunayted"ning hujumchi pozitsiyasi uchun asosiy maqsadi hisoblanadi.

Bosh sahifaga
138