"Arsenal" "yosh Modrich"ga ko'z tikkan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81

"Arsenal" Xorvatiyadan yarim himoyachi sotib olmoqchi. Xabarlarga ko'ra, "Dinamo Zagreb" futbolchisi Martin Baturina London klubi radariga tushgan.
20 yoshli yarim himoyachi Xorvatiyada Modrichga qiyoslanadi. Baturina o'tgan mavsumda jami 45 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta assist va 6 ta golga mualliflik qilgan. U Yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatida porlagan edi. Ayni damda Baturina 15 million evroga baholanmoqda.
Manba: bbc.com
Bosh sahifaga
149