"Tottenxem" 55 millionlik futbolchisi uchun kelgan taklifga yo'q dedi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

"Galatasaray" Londondan futbolchi xarid qiladi. Xabarlarga ko'ra, "Tottenxem" yarim himoyachisi Tangi Ndombele uchun Istanbul klubi 8 million evro taklif qilgan. Ammo "shporlar" bu taklifni rad etdi.
"Tottenxem" direktori Daniel Levi frantsuz futbolchisi evaziga kamida 25 million evro istaydi. 26 yoshli yarim himoyachi 2019 yilda "Lion"dan 55 million funtga xarid qilingan edi. U ayni damda yiliga 4.7 million evro maosh oladi. Bu esa "Galatasaray" uchun og'irlik qilishi mumkin.
Manba: teamtalk.com
Bosh sahifaga
146