"Liverpul" futbolchisi jamoa bilan Germaniyaga uchmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

"Liverpul" futbolchisi jamoada emas. Xabarlarga ko'ra, mersisaydliklar sardori Jordan Xenderson "Liverpul"ning mavsumoldi rejasidan o'rin olgan "Karlsrue"ga qarshi bahda ishtirok etmaydi.
Jamoa sardori "Al-Ittifoq" bilan muzokaralar o'tkazayotgani sababli jamoa bilan Germaniyaga uchmadi. 33 yoshli ingliz yarim himoyachisi o'z jamoasiga jami 492 ta o'yinda yordam bergan.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
191