"Vest Xem"ning yo'li osonlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 85

"Vest Xem Yunayted" yarim himoyachi xaridiga yanada yaqin keldi. Xabarlarga ko'ra, "Yuventus" futbolchisi Denis Zakaria turinliklar bilan xayrlashmoqchi. Bu esa "Vest Xem"ni harakatga chorlaydi.
Shveytsariya terma jamoasi a'zosiga da'vogarlar ichida London klubi ham bor. "Bolg'achilar" ustozi Devid Moyes Zakariani Deklan Rays o'rniga munosib nomzod sifatida ko'rmoqda. Yarim himoyachi o'tgan mavsumni "Chelsi" safida, ijara asosida o'tkazgan edi.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
159