Obameyang Frantsiya klubi bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma borasida kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81

Frantsiyaning "Marsel" klubi "Chelsi" hujumchisi Per-Emerik Obameyang bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, klub futbolchi bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma borasida kelishib olgan.
Qayd etilishicha, "Marsel" "Chelsi" bilan muzokaralar olib bormoqda va kelishuvni tuzishda hech qanday muammo bo'lmasligi kutilmoqda.
Obameyang Frantsiyada "Sent-Eten", "Dijon", "Lill" va "Monako" klublarida o'ynagan. Shuningdek, u Dortmundning "Borussiya", "Arsenal" va "Barselona" klublarida ham o'ynagan.
Hujumchi o'tgan mavsumda "Chelsi" tarkibida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
157