"Chelsi" nima uchun Vlaxovichning transferidan voz kechgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82

"Chelsi" "Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovichni sotib olmoqchi emas. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, London klubi serbiyalik futbolchining yuqori maoshidan xavotir olmoqda. Qayd etilishicha, "Chelsi" Vlaxovichni ijaraga olishga tayyor, ammo "Yuventus"ni bunday shartlar qoniqtirmayapti.
Avvalroq, 23 yoshli futbolchi hujumchi uchun 90 million evro to'lashga tayyor bo'lgan Frantsiyaning "PSJ" klubi qiziqayotgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, Vlaxovich 2022 yilning yanvarida "Fiorentina"dan "Yuventus"ga o'tgan edi. O'tgan mavsumda u turinliklar safida 42 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Serbiya terma jamoasi futbolchisini Transfermarkt portali 70 million evroga baholagan.

Bosh sahifaga
162