Loris "PSJ"ga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91

Darvozabon Ugo Loris yozgi transfer oynasida "Tottenxem"dan "PSJ"ga o'tishi mumkin. Oldinroq London klubi 36 yoshli frantsiyalik darvozabon mavsumga tayyorgarlik ko'rmasligi, balki yangi jamoa izlashi mumkinligi haqida ma'lum qilgandi.
RMC Sport nashri xabariga ko'ra, Lorisni "PSJ"ga o'tish g'oyasi "vasvasaga solmoqda". Parijliklar futbolchi haqida "Tottenxem"dan ma'lumot oldi, ammo hozircha klublar o'rtasida "aniq hech narsa" yo'q.
Ugo Loris "Tottenxem"da 2012 yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda. O'shandan beri frantsiyalik posbon “shporlar” safida 447 ta o'yin o'tkazib, 508 ta gol o'tkazib yuborgan.
Transfermarkt portali Lorisni 3 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
169