Dani Alves «A» Seriyaga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1406

PSJ himoyachisi Dani Alves faoliyatini “A” Seriyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida Football Italia nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi xizmatiga “Inter” klubi qiziqish bildirmoqda.
36 yoshli futbolchining transferini “neradzurrilar”ning yangi bosh murabbiyi Antonio Kontening shaxsan o'zi xohlamoqda.
Eslatib o'tamiz, Alves bir necha kun avval PSJni tark etib, erkin agentga aylangan edi.

Bosh sahifaga
413