"Manchester Yunayted"dan ketgan futbolchi Germaniyaga yo'l oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

"MYu"ning sobiq hujumchisi Bundesligaga o'tishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Bayer Leverkuzen" "Byornli" hujumchisi Vaut Vegxorstga qiziqish bildirmoqda.
30 yoshli futbolchi o'tgan mavsumning yarmini "MYu"da o'tkazib, 31 ta o'yinda maydonga tushgan edi. U bu davr mobaynida 2 ta gol va 3 ta assist qayd etgan. Ayni damda Vegxorst 25 million evroga baholanmoqda.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
239