"Tottenxem" futbolchisi "Barselona" radariga tushgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89

"Tottenxem" futbolchisi Ispaniyada qolishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Barselona" "shporlar" yarim himoyachisi Jovanni Lo Chelso "ko'k-anorranglilar" radarida turibdi. Argentina terma jamoasi a'zosi so'nggi ikkita mavsumni "Vilyarreal" safida o'tkazgan.
"Tottenxem" ustozi Angelos Postekoglu Lo Chelsoni o'z rejalariga kiritmagan. Shu sabab u sotuvga qo'yilishi mumkin. Yarim himoyachining Londondagi shartnomasi 2025 yilda yakunlanadi.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
196