"Bornmut"ning 15 millionli taklifi rad etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 76

"Bornmut" yarim himoyachi borasida ish olib bormoqda. Xabarlarga ko'ra, APL klubi "Bristol Siti" futbolchisi Aleks Skott uchun 15 million funtli rasmiy taklif yuborgan. Ammo ushbu taklif tezda rad etilgan.
Negaki, "chumchuqlar" yarim himoyachi evaziga kamida 25 million funt so'ramoqda. 19 yoshli futbolchi hozirga qadar o'z jamoasida jami 91 ta o'yinda maydonga tushgan. Skottga "Vest Xem" ham qiziqish bildirgan edi.m
Manba: bbc.com
Bosh sahifaga
184